Ijtimoiy tarmoqlardagi “Voditeli Tashkenta” guruhi oq va delfin rangdagi Lacetti avtomobillari hamda Damas ishtirokidagi avtohalokatning suratlari bilan to‘lib toshdi. Ushbu yo‘l-transport hodisasi 18-aprel kuni Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Ahmad Donish ko‘chasida ro‘y bergan. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar qildi.
YTH sabablari hozircha aniq emas. Ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilarning qayd etishicha, YTH oqibatida hech kim halok bo‘lmagan.
“Voqea guvohlari Damas o‘z muvozanatini yo‘qotib, ag‘darilib ketganini ma’lum qilgan. Oq rangdagi Lacetti esa orqa tarafi bilan yo‘l chetidagi ariqqa tushgan. Bu avtomobilning to‘rt g‘ildiragi ham nosoz holatga kelib qolgan. Umuman olganda, YTHda ishtirok etgan uch avtomobilni tanish shu qadar qiyinki, bundan ularning juda katta tezlikda harakatlanganini payqash qiyin emas”, — deb yozadi “Qalampir.uz”.