20-aprel, chorshanba kuni Italiyaning Fransiya bilan chegaradagi Valle-d’Aosta muxtor viloyatida joylashgan Valgrizansh tog‘li qishlog‘ida ro‘y bergan qor ko‘chkisi ostida qolgan ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Mahalliy Aostasera gazetasining ma’lum qilishicha, o‘sha paytda tog‘larda ski-alpinizm bilan shug‘ullanayotgan ikki havaskor sportchi tabiiy hodisa qurboni bo‘lgan. Ayni paytda viloyat tog‘-qutqaruv xizmati xodimlari moliyaviy gvardiya harbiylari ko‘magida tanalarni vodiyga yetkazish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazmoqda.
Ski-alpinizm — o‘zida tog‘ chang‘isi va alpinizmni uyg‘unlashtiradigan sport turi.
Izoh (0)