Xitoy Taraqqiyot banki Ekvadorga 2 milliard dollar miqdorida kredit ajratadi. Tegishli bitim Janubiy Amerika mamlakati Moliya vazirligi bilan osiyolik hamkorlar o‘rtasida imzolangan. Bu haqda, El Comercio gazetasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Nashrning ma’lum qilishicha, ushbu mablag‘lar yillik investitsiya rejasini moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi va ikki qismga bo‘linadi. Birinchi, 1,5 milliard dollarga teng qismi mamlakat hukumatiga yaqin haftalarda taqdim etilib, u istalgan maqsadlarda foydalanilishi mumkin.
Ikkinchi, 500 million dollarga teng mablag‘ infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha maxsus loyihalarni moliyalashtirish uchun mo‘ljallangan va ularni amalga oshirish davomida ajratib boriladi.
2015-yilning dekabr oyida Xitoy banklari guruhi Ekvadorga 2,8 milliard dollar miqdorida investitsiya ajratishi haqida ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)