2016-yilning 19–22-aprel kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu majlisda Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston vakillari tomonidan Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan ShHT Sammitiga hamda O‘zbekistonning mazkur tashkilotga raisligi davridagi boshqa tadbirlarga tayyorgarlikning amaliy masalalari muhokama qilinadi.
Izoh (0)