“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi ko‘chma tibbiy ijtimoiy yordam brigadalari moddiy-texnik bazalarini mustahkamlash hamda ona va bola sog‘lig‘ini muhofaza qilish, sog‘lom avlodni tarbiyalash ishida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun Turkiya Hamkorlik va Muvofiqlashtirish Agentligi (TIKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan o‘n dona Mercedes-Benz rusumidagi mobil klinika ajratildi. Bu haqda “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur mobil klinikalarning taqdimot marosimi 2016-yilning 7-aprel kuni “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi binosining old qismida bo‘lib o‘tdi.
Taqdimotda fondning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Andijon, Sirdaryo, Namangan, Xorazm, Toshkent, Farg‘ona viloyatlari hududiy filiallari va Tibbiy ijtimoiy markaz ko‘chma tibbiy yordam brigadalari ishtirok etdi.
Izoh (0)