Rossiyaning Novosibirsk shahri ko‘chalaridan biridagi yo‘l chuquri Twitter’da akkauntga ega bo‘ldi. Undagi ilk yozuv 13-aprelda joylashtirildi, deb xabar beradi “NGS. NOVOSTI”.
Akkauntni marketolog Dmitriy Mishin yuritib berdi. Avvaliga u chuqur suratlarini o‘zining Twitter’dagi sahifasida joylashtirib yurdi, keyinchalik esa chuqurning o‘ziga akkaunt ochib qo‘ya qoldi. Uning aytishicha, chuqur 2015-yilda paydo bo‘lgan, o‘shanda yo‘l ta’mirlanib, yangi asfalt bosilgan, biroq qishdan so‘ng u yana o‘z holiga qaytgandi. Aprel boshida chuqur to‘ldirib qo‘yildi, lekin yomg‘ir va transport oqimi tufayli eski manzara hosil bo‘ldi.
Chuqur o‘z sahifasida avtomaktablarni hamkorlikka “taklif etadi”, yo‘l xizmatlarining undan to‘siqlar maydoni qilishga bo‘lgan urinishlarini “olqishlaydi” va o‘zini kichik ko‘llar ro‘yxatiga kiritishlarini “so‘raydi”.
Izoh (0)