Argentina poytaxtida bo‘lib o‘tayotgan elektron musiqa festivalida noma’lum moddani iste’mol qilish oqibatida 21 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda, Buenos-Ayres tez yordam xizmati rahbari ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, yana besh kishi koma holatiga tushgan. Jabrlanganlar sun’iy nafas berish qurilmasiga ulangan, ularning ahvoli og‘ir ekanligi qayd etilmoqda. Ular shifoxonaga hushsiz ahvolda, yuqori tana harorati (42 daraja) va yurak urishining buzilishi bilan olib kelingan.
Festivalning yana bir necha ishtirokchisi zaharlanish alomatlari bilan tibbiy yordam uchun murojaat qilgan. Dastlabki tahlillar jabrlanganlar allaqanday sintetik giyohvandlik vositasini qabul qilganligini ko‘rsatgan.
Buenos-Ayres hukumati festivalning ikkinchi kunini bekor qilish va hodisa tafsilotlari aniqlanguniga qadar u bo‘lib o‘tgan majmuani yopishga qaror qilgan.
Izoh (0)