Braziliya prezidenti Dilma Russeff 16-aprel, shanba kuni o‘z siyosiy raqiblarini korrupsiyaga aloqadorlikda aybladi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
“Ular hech narsada aybi bo‘lmagan ayolni qoralab, korrupsiyada aybdorlarni qutqarib qolishni istamoqda”, — deb yozdi Russeff “Folya di San-Paulu” gazetasida chop etilgan maqolada.
Braziliya prezidentining aniqlik kiritishicha, bir qator unga qarshi turuvchi siyosatchilar sud ta’qibidan immunitetni qo‘lga kiritish uchun hokimiyatni egallashga umid qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Braziliya fuqarolarining ko‘pchilik qismi nafaqat mamlakat prezidenti Dilma Russeff, balki vitse-prezident Mishel Temerga nisbatan ham impichment g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaganligi haqida ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)