16-aprel, shanba kuni “Yalla” ansambli badiiy rahbari, O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov 70 yoshni qarshi oldi. My Day san’atkor hayoti va ijodiga oid ayrim faktlar hamda uning ijrosidagi mashhur taronalarni yodga oldi.
Farrux Zokirov “Xalq artisti” unvoni bilan oltita respublika – O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Ingushetiyada taqdirlangan.
45 yillik ijodi davrida 100 dan ortiq qo‘shiqlar yozilgan. Ular orasida “Choyxona”, “Uchquduq”, “Litso vozlyublennoy moyey”, “Majnuntol”, “Shahrisabz”, “Baka-bang”, “Torimning siri” kabi xit taronalar bor.
https://youtu.be/YMlwza8qYCw
“Yalla” ansambli 45 yildan buyon sahnada. Bu Markaziy Osiyodagi eng katta ijodiy muddat. Ansambl 45 yillik gastrol faoliyati davomida 5000 ga yaqin konsert dasturini taqdim etgan.
https://youtu.be/zX4MHn0XMj0
“Uchquduq” qo‘shig‘i 40 daqiqa ichida yozilgan. “Yalla” ansambli Yuriy Entin bilan gastrol safarida bo‘lgan va shoir shaharni kezib, she’rlar yozgan. Mashhur xit yo‘l-yo‘lakay yaralgan va kechqurungi konsertda ijro etilgan.
https://youtu.be/Qr9EVULUGJs
O‘zbek to‘ylari, shubhasiz, Farrux Zokirovning “Kelibdi” qo‘shig‘isiz o‘tmaydi.
https://youtu.be/RpyT9GJNYyQ
“Yalla” ansamblining xit taronalari to‘plami — popurridan bahramand bo‘ling.
https://youtu.be/ZRW-_PdrEfA
Izoh (0)