15-aprel kuni aktrisa Emma Uotson 26 yoshini nishonlamoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”. U Garri Potterning sarguzashtlari haqidagi filmlarda o‘n yil davomida ijro etgan Germiona Greynjer roli tufayli butun dunyoga tanilgan.
2009-yilda Emma o‘n yillikning eng ko‘p daromad oluvchi aktrisasi sifatida Ginnesning Rekordlar kitobiga kiritilgan edi.
Ammo o‘sha paytda Uotson kinodagi karyerasi haqida ishonchsizlik bilan gapirardi. Endi esa aktrisaning taqdiri hal bo‘lgan desa ham bo‘ladi. Uning suratga tushish rejalari uch yil uchun oldindan belgilab qo‘yilgan, uning yutuqlari qatorida esa Darren Aronofski va Sofiya Koppola filmlaridagi rollari bor.
Izoh (0)