Xonanda Kanizaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida uning to‘y libosida tushgan suratlari paydo bo‘ldi, hamkasblari esa Kaniza tomonidan taklifnoma va fotiha noni ham ulashilayotgani haqida xabarlar qoldirmoqda. Bu haqda “Darakchi.uz” xabar berdi.
Internet-nashr vakillari mazkur holat yuzasidan Kaniza bilan bog‘langanida, xonanda: “FHDYoda nikohimiz qonunan qayd etildi, shar’iy nikohimiz ham o‘qildi. To‘y sanasi haqida tez kunlarda bilib olasiz”, — dedi.
“Ajablanarli tomoni, avvalroq Kaniza 28-aprel kuni ‘Istiqlol’ san’at saroyi sahnasida turmushga chiqaman, deb e’lon qilgan edi. Biroq endi to‘y sanasini yashiryapti”, — deb yozadi “Darakchi.uz”.
Izoh (0)