2016-yilning birinchi choragida qishloq turar joy massivlarida 13 mingta yangi uylar hamda ijtimoiy va bozor infratuzilmasining zamonaviy obyektlarini qurish boshlandi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 15-aprel kuni bo‘lib o‘tgan majlisida aytildi, deb xabar beradi O‘zA.
Yo‘l-transport, muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan boshqa ishlarga ham to‘xtalib o‘tildi. Jumladan, ma’lum qilinishicha, Farg‘ona vodiysi viloyatlarini respublikaning qolgan hududi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri temir yo‘l qatnovi bilan birlashtiradigan yangi elektrlashtirilgan Angren-Pop temir yo‘li qurilishi tugallanmoqda; Samarqand-Buxoro temir yo‘lini yo‘lovchilar tashish poyezdlarining yuqori tezlikda harakatlanishini tashkil etgan holda elektrlashtirish loyihasi jadal sur’atlarda amalga oshirilmoqda.
Shuningdek, zamonaviy texnologiya bo‘yicha keng polosali foydalanishning 500 kilometrdan ortiq optik-tolali tarmoqlarini qurish va zaxiraga qo‘yish amalga oshirildi.
Izoh (0)