Joriy yilning birinchi choragi mobaynida 178 ta davlat aktivi 216 milliard so‘mga yaqin investitsiya majburiyatlari qabul qilingan holda xususiy mulkka sotildi. Ustav fondlarida davlat ulushlari bo‘lgan aksiyadorlik jamiyatlari soni 2015-yilning shu davridagi 378 ta o‘rniga 209 tagacha qisqardi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining 15-aprel kuni bo‘lib o‘tgan majlisida aytildi, deb xabar beradi O‘zA.
Majlis davomida xo‘jalik birlashmalari, aksiyadorlik jamiyatlari rahbarlariga Davlat raqobat qo‘mitasi bilan birgalikda 2015-yil noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkazilgan Xalqaro investitsiya forumida erishilgan ahdlashuvlarga muvofiq davlatning va xo‘jalik birlashmalarining aktivlarini xorijiy investorlarga sotishni tezlashtirish yuzasidan amaliy chora-tadbirlar ko‘rish topshirildi. Ular oldiga, shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondlarida xorijiy kapital ulushini kamida 15 foiz miqdorida ta’minlash maqsadida ularning ustav fondlariga potensial xorijiy investorlarni faol jalb etish yuzasidan aniq vazifalar qo‘yildi.
Izoh (0)