O‘zbekistonlik tennischi Sabina Sharipova Xitoyning Shenchjen shahrida davom etayotgan, mukofot jamg‘armasi 50 ming dollarga teng ITF turkumidagi tennis turnirining yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Xalqaro tennis federatsiyasi rasmiy saytining ma’lum qilishicha, chorak finalda 21 yoshli o‘zbekistonlik tennischi musobaqa mezboni, 25 yoshli Chang Lyuga qarshi bahs olib bordi va 6:1, 7:5 hisobida g‘alaba qozondi.
Taqqoslash uchun, Sabina Sharipova WTA reytingida 210, xitoylik tennischi esa 203-o‘rinni egallab kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, birinchi davrada O‘zbekiston vakili xitoylik Lin Chjuni 6:3, 6:4, ikkinchi davrada esa Jing-Jing Luni 6:1, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan edi.
Izoh (0)