Futbol bo‘yicha Angliya Kubogida yarim finalning so‘nggi ishtirokchisi nomi aniq bo‘ldi.
Chorak finalning 13-mart kuni bo‘lib o‘tgan “Manchester Yunayted” — “Vest Hem” o‘yinida 1:1 hisobi qayd etilgach, tomonlar reglamentga ko‘ra “Vest Hem” maydonida javob o‘yinida maydonga tushishlari kerak edi. 13-aprel kungi takroriy o‘yinda “Manchester Yunayted” 2:1 hisobida zafar quchib, yarim finalning to‘rtinchi ishtirokchisiga aylandi.
Qayd etish kerak, xorvatiyalik mutaxassis Slaven Bilich boshchilik qilayotgan “Vest Hem”ni mavsum avvalida chempionlikka da’vogar deya qaralgan “Manchester Siti”, “Chelsi”, “Arsenal”, “Liverpul” va “Manchester Yunayted” klublaridan birortasi mag‘lub eta olmagandi. Bu ishni birinchi bo‘lib, Lui Van Gal jamoasi Angliya Kubogi musobaqasida uddaladi.
Bunga qadar, “Everton”, “Uotford” hamda “Kristal Pelas” klublari yarim final chiptasini qo‘lga kiritib bo‘lgandi. Final ostonasida “Yunayted” va “Everton” klublari birinchi juftlikni tashkil qiladi, ikkinchi juftlikda “Uotford” hamda “Kristal Pelas” klublari to‘qnash keladi.
Yarim final bellashuvlari Londondagi “Uembli” stadioni bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar 23—24-aprel sanalariga tayin qilingan.
Angliya Kubogi Chorak final uchrashuvi 13-aprel, chorshanba
Izoh (0)