“Bavariya” klubining bo‘lajak ustozi Karlo Anchelotti Yevropa Chempionlar Ligasi bosh sovriniga “Barselona” jamoasini asosiy da’vogar sifatida e’tirof etgandi, ammo endi u bunga shubha qilmoqda. Italiyalik mutaxassis Luis Enrike shogirdlarining avvalgidek yuqori darajada emasligini ta’kidladi, deb xabar bermoqda “Chempionat”.
“Bir hafta avval hamma ‘Barselona’ni YeChL g‘olibligiga asosiy da’vogar deb hisoblagan edi, shu jumladan, men ham. Hozir esa unday ishonch yo‘q. ‘Barselona’ o‘zining darajasini biroz yo‘qotdi va endi avvalgidek favorit emas. Ayni damda musobaqa bosh sovrinini qaysi jamoa qo‘lga kiritishini aytish qiyin”, – dedi Anchelotti.
Ma’lumot uchun, “Barselona” va “Atletiko” o‘rtasidagi YeChL chorak final dastlabki o‘yinida kataloniyaliklar 2:1 hisobida zafar quchgan edi. Javob o‘yini bugun, 13-aprel kuni Madriddagi “Visente Kalderon” stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi.
Izoh (0)