Xalq ta’limi vazirligi va Moliya vazirligining qo‘shma qarori bilan Ota-onalar tomonidan bolalarning bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘qishi uchun haq to‘lash va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma xabar beradi.
Maktabdagi o‘quvchilar safiga qayta tiklanganda, bola o‘qishni tegishli to‘lovni amalga oshirgan holda keyingi o‘quv yilida (o‘tgan o‘quv yilining tugatilmagan choragining birinchi oyidan) davom ettirishi mumkin.
O‘qish uchun to‘lovlardan ozod etish va o‘qituvchi hamda konsertmeysterlarga har oylik ustamalar belgilash bo‘yicha Komissiyaning asosiy vazifalariga o‘qish uchun to‘lanadigan to‘lovdan ozod etiladigan bolalarning ro‘yxatini shakllantirish va tasdiqlash ham kiritildi.
Kam ta’minlangan oilalardan tashqari, endi musiqa va san’at yo‘nalishlari bo‘yicha xalqaro (1—3-o‘rinlar) va respublika (1-o‘rin) tanlovlarida g‘olib bo‘lgan bolalar 1 kalendar yil mobaynida o‘qish uchun to‘lovdan ozod etiladi. Xuddi ilgarigidek, o‘quvchilar umumiy sonining 25 foizi doirasida to‘lovdan ozod etiladi.
Agarda bir oilaning ikki va undan ortiq farzandi bolalar musiqa va san’at maktablarida o‘qisa, ulardan har birining o‘qishi uchun belgilangan to‘lovning 70 foizi miqdorida to‘lov amalga oshiriladi.
Izoh (0)