Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasida 32-turning 9-aprel sanasidan joy olgan o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi.
Turning markaziy o‘yini “San Siro” stadionida tashkil etilib, “Milan” turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Yuventus”ni qabul qildi. Hisob 18-daqiqaga kelib milanliklar tomonidan ochilganiga qaramay, klub yakunda durangni ham saqlab qola olmadi.
Tomonlarning Turinda kechgan o‘yinida “Yuventus” 1:0 hisobida muvaffaqiyat qozongandi. Mazkur g‘alabasidan keyin “Yuventus” A seriya joriy mavsumidagi mag‘lubiyatsiz o‘yinlari seriyasini 22 taga yetkazib oldi.
31 ta o‘yinda 76 ochko to‘plagan “Yuventus” ketma-ket beshinchi chempionlik sari yana bitta qadam tashladi. 67 ochkoga ega “Napoli” ertaga, 10-aprel kuni Neapolda “Verona”ni qabul qiladi.
9-aprel sanasida o‘yinlarini yakunlagan klublardan “Inter” 58 ochko bilan to‘rtinchi, “Milan” esa 49 ochko bilan oltinchi o‘rinda bormoqda.
Italiya A seriyasi 32-tur bellashuvlari 9-aprel, shanba
“Milan” — “Yuventus” 1:2
Gollar: Aleks, 18 (1:0). Mario Manjukich, 27 (1:1). Pol Pogba, 65 (1:2).“Milan”: Janluidji Donnarumma, Inyatsio Abate, Luka Antonelli, Aleks, Alessio Romanyolli, Rikkardo Montolivo, Yuray Kutska, Jakomo Bonaventura, Keysuke Honda (Luis Adriano, 74), Mario Balotelli (Kevin-Prins Boateng, 77), Karlos Bakka.“Yuventus”: Janluidji Buffon, Shtefan Lixtshtayner (Xuan Kuadrado, 81), Aleks Sandro, Daniele Rugani, Leonardo Bonuchchi, Andrea Bartsalyi, Pol Pogba, Kvadvo Asamoa (Patris Evra, 85), Klaudio Markizio, Alvaro Morata (Simone Zaza, 67), Mario Manjukich.“Frozinone” — “Inter” 0:1
Gol: Mauro Ikardi, 74 (0:1).Chetlatish: Leonardo Blankard, 80 (F).“Inter”: Samir Xandanovich, Danilo D’Ambrozio, Juan Jesus, Jeyson Murilyo, Aleks Telles (Davide Santon, 86), Ivan Perishich, Felipe Melo (Gari Medel, 86), Jonatan Biabiani, Stevan Yovetich, Mauro Ikardi.“Kyevo” — “Karpi” 1:0
Gol: Serjo Pellisye, 83 (1:0).“Sassuolo” — Jenoa” 0:1
Gol: Blerim Jemaili, 42 (0:1).10-aprel, yakshanba“Empoli” — “Fiorentina”“Napoli” — “Verona”“Sampdoriya” — “Udineze”“Torino” — “Atalanta”“Palermo” — “Latsio”
11-aprel, dushanba“Roma” — “Bolonya”
Izoh (0)