Futbol bo‘yicha Italiya A seriyasida 32-turning yana 3 ta o‘yiniga yakun yasaldi.
Chempionlik yo‘lida “Yuventus” bilan raqobatlashayotgan “Napoli” “Verona”ni o‘z maydonida yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi. Turning markaziy o‘yinida “Yuventus” Milandan g‘alaba bilan qaytgani uchun, har ikki jamoa orasidagi ochkolar farqi 6 taligicha saqlanib qoldi.
Turning yana bir uchrashuvida “Sampdoriya” muhim g‘alabani qo‘lga kiritib, xavfli zonadan uzoqlashib oldi.
32-tur doirasida faqatgina Rim shahri jamoalarining o‘yini qoldi. Bugun, 10-aprel kuni “Latsio”, 11-aprelda esa “Roma” maydonga tushadi.
Italiya A seriyasi 32-tur bellashuvlari 10-aprel, yakshanba
“Napoli” — “Verona” 3:0
Gollar: Manolo Gabbyadini, 33 (1:0). Lorenso Insinye, 45+2-pen (2:0). Xose Kalyexon, 70 (3:0).Chetlatish: Samuel Suprayen, 45 (V).“Napoli”: Pepe Reyna, Elseid Xyusay, Fauzi Gulam (Ivan Strinich, 87), Raul Albiol, Vlad Kirikesh, Jorjinyo, David Lopes, Marek Hamshik (Nataniel Chaloba, 79), Xose Kalyexon, Manolo Gabbyadini (Omar El-Kadduri, 68), Lorenso Insinye.“Sampdoriya” — “Udineze” 2:0
Gollar: Pablo Armero, 58-avt (1:0). Lukas Fernando, 85 (2:0).“Torino” — “Atalanta” 2:1
Gollar: Bruno Peres, 35 (1:0). Maksi Lopes, 46 (2:0). Luka Chigarini, 82 (2:1).Chetlatish: Marten de Ron, 90+1 (A).“Empoli” — “Fiorentina” 2:0
Gollar: Manuel Puchcharelli, 41 (1:0). Pyotr Zelinskiy, 88 (2:0).“Palermo” — “Latsio”
11-aprel, dushanba“Roma” — “Bolonya”
A seriya, 32-tur. “Inter” “Frozinone” ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi
A seriya, 32-tur. Turning markaziy o‘yinida “Milan” “Yuventus”dan yengilib, xalqaro maydon yo‘llanmasini xavf ostida qoldirdi
A seriya, 32-tur. “Fiorentina” g‘alabasiz seriyasini oltitaga yetkazib, ochkolar bo‘yicha “Inter”dan oldinga o‘ta olmadi
Izoh (0)