AQShning Texas shtatidagi San-Antonio-Lakland aviabazasida komandirini otib tashlab, so‘ng o‘z joniga qasd qilgan serjant harbiy-havo kuchlaridagi xizmatdan oldin Federal qidiruv byurosida ishlagan. Bu haqda, Associated Press agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, 342-o‘quv halqasi komandiri, podvolkovnik Uilyam Shrederni otib o‘ldirgan texnik tarkib serjanti Stiven Bellino 2013-yilda FQBdan bo‘shagan va bir muddat o‘tib harbiy xizmatga kirgan.
Aniqlanishicha, Bellinoning mansabi odatdagidan tez ko‘tarilgan. Buni uning harbiy tayyorgarlik darajasi juda yuqoriligi bilan tushuntirish mumkinligi aytilmoqda.
Halok bo‘lgan har ikki harbiy xizmatchining yonidan Glock to‘pponchalari topilgan. Bellino o‘qotar qurol taqib yurish ruxsatnomasiga ega yoki ega emasligi aniqlashtirilmoqda.
Izoh (0)