Sinay yarim orolining shimolida jangarilarning ikki hujumi natijasida 7-aprel, payshanba kuni yetti kishi halok bo‘ldi. Ulardan besh nafari politsiyachi va Misr armiyasi ofitseri bo‘lgan, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Ma’lum qilinishicha, har ikkala hujum Misr xavfsizlik kuchlari transportining avtotrassa bo‘ylab Sinay shimoliga o‘tish vaqtida sodir etilgan. Birinchi holatda so‘z zirhli mashinaning, ikkinchi holatda esa armiya avtobusining portlatib yuborilishi haqida bormoqda. Halok bo‘lganlardan biri mahalliy ayol ekanligi qayd etilmoqda.
Hujumlar IShID terrorchilik tashkilotining mahalliy guruhi tomonidan uyushtirilganligi taxmin qilinmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)