Sharqiy Xitoyning Szyansi provinsiyasida avtobus ag‘darilib ketdi. Hodisa oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, yana yetti kishi jarohat oldi. Bu haqda “Sinxua” agentligi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Agentlikning ma’lum qilishicha, avtobusda haydovchi bilan birga 44 kishi bo‘lgan.
Jabrlanganlar shifoxonaga yetkazilgan.
YTH sabablari haqida hozircha ma’lumot taqdim etilmagan.
Izoh (0)