Islandiyaning yangi bosh vaziri Sigurdur Ingi Yoxannsson qasamyod qabul qildi. Bu haqda AFP ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Mamlakat hukumati rahbari Sigmundur David Gunnlyoygsson ofshor mojarosi tufayli o‘z lavozimini noma’lum muddatga tark etishga majbur bo‘lgandan so‘ng, Qishloq xo‘jaligi va baliqchilik vaziri Yoxannsson bosh vazir etib tayinlandi.
Gunnlyoygsson mamlakat prezidenti Olavur Ragnar Grimssonga iste’foga chiqishni so‘rab murojaat qilgan. Shu bilan bir paytda Gunnlyoygsson koalitsiya tarkibidagi Progressiv partiyasida rais lavozimini saqlab qoladi va deputatlik o‘rniga ega bo‘ladi.
Izoh (0)