2016-yilning 1–4-aprel kunlari Polshaning Bidgoshch shahrida shotokan karate bo‘yicha Xalqaro shotokan karate feredatsiyasi tomonidan tashkil etilgan VII Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi “Jahon”.
Musobaqada 37 davlatdan 1 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasi sharafini 25 nafar karatechi himoya qildi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi 18 ta oltin, 17 ta kumush va 20 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o‘rinni egalladi.
VII Jahon chempionatida nafaqat karatechilar, balki ularning ustozlari ham ishtirok etdi. O‘zbekistonlik murabbiylar ushbu chempionatda ikkita oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Izoh (0)