Malayziyaning “Melaka Yunayted” jamoasi darvozaboni, 18 yoshli avstraliyalik Stefan Petrovski yashin urishidan so‘ng shifoxonaga yotqizildi, deb xabar beradi “Chempionat”.
Jamoaning mashg‘ulotlaridan qaytayotgan Stefan Petrovski va uning jamoadoshi, 21 yoshli himoyachi Muxd Afik Azuanni yashin urdi. Azuan yengil jarohat oldi, Petrovski esa hushidan ketdi va reanimatsiyaga yotqizildi.
“Stefan mutaxassislar nazorati ostida bo‘lib turibdi, uning holati barqaror. Uning tezroq sog‘ayib ketishiga umid qilamiz”, – deydi “Melaka Yunayted” rahbari Datuk Seri Idris Xaron.
Izoh (0)