Marokash Qirolligining Marokash shahrida tennis bo‘yicha Grand Prix Hassan II turnirining asosiy to‘r bahslari davom etmoqda. Sovrin jamg‘armasi 520 070 yevroni tashkil etuvchi ushbu musobaqada o‘zbekistonlik Denis Istomin ham ishtirok etyapti, deb xabar beradi “Olamsport”.
Yakkalik bahslari dastlabki davrasida 29 yoshli Denis Istomin italiyalik Lorenso Jyustinoga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 46 daqiqa davom etgan bellashuvda O‘zbekiston vakili qiyinchilik bilan 7:6, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi.
Taqqoslash uchun, Denis Istomin ATP reytingida 72, Jyustino esa 257-o‘rinni egallab turibdi.
Qayd etish joiz, o‘zbekistonlik tennischi juftliklar bahsida ham ishtirok etmoqda. Hindistonlik Rohan Bopanna bilan tandem hosil qilgan Istomin ilk davrada fransiyalik Fabris Martin va avstriyalik Oliver Marak juftligiga qarshi kortga chiqdi. 59 daqiqa davom etgan ushbu o‘yinda Istomin/Bopanna dueti 6:4, 6:2 hisobida zafar quchdi.
Izoh (0)