Madridning “Real” jamoasi rahbariyati va murabbiylar shtabi himoyachi Serxio Ramosning tez-tez maydondan chetlatilishidan xavotirda, deb xabar beradi “Chempionat”.
Serxio Ramos so‘nggi marotaba Ispaniya chempionati 31-turida, “Barselona”ga qarshi o‘yinning 83-daqiqasida maydondan chetlatilgan edi. Shunga qaramay, “Real” 2:1 hisobida zafar quchishga muvaffaq bo‘lgandi.
“Real” rahbariyati Ramosning intizomsiz xatti-harakatlarini, ayniqsa, mavsumning ushbu bosqichida noo‘rin deb hisoblamoqda.
“Sport-Ekspress” nashrining ma’lum qilishicha, jamoa rahbariyati keyingi mavsumda Ramosdan sardorlik bog‘ichini olib qo‘yish haqida o‘ylayapti.
Serxio Ramos 2005-yilda “Sevilya” klubidan “Real”ga o‘tgandi va o‘sha vaqtdan buyon u 21 marta qizil kartochka olgan.
Izoh (0)