Pokiston janubi-g‘arbidagi Belujiston viloyatida yo‘lovchi poyezdining portlab ketishi natijasida kamida ikki kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi yaralandi. Bu haqda Dunya News telekanali ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Temiryo‘l rahbariyati vakilining ma’lum qilishicha, portlovchi qurilma temiryo‘lga o‘rnatilgan bo‘lgan. U poyezd Bala Nari tumaniga yetganda portlab ketgan.
“Jaffar Ekspress” poyezdi Kvettidan Lahorga yo‘l olgan edi.
Terakt uchun javobgarlikni hozircha hech bir guruh zimmasiga olmadi.
Izoh (0)