AQShning Pensilvaniya shtatida yo‘lovchi poyezdi temiryo‘lga chiqib kelgan ekskavatorga to‘qnashgach, relsdan chiqib ketdi, deb yozadi Meduza.
Natijada ikki kishi halok bo‘ldi. Jabrlanganlar haqida ma’lumotlar bor, ammo ularning soni hozircha aniq emas. Poyezdda jami 340 dan ziyod kishi bo‘lgan.
Poyezd Nyu-Yorkdan Savanna (Jorjiya shtati)ga ketayotgan bo‘lgan.