Pokistonning shimoli-g‘arbida katta ko‘lamdagi yog‘ingarchiliklar oqibatida kamida 63 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq odam jabrlandi. Bu haqda mamlakat Tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf qilish milliy boshqarmasi ma’lumotiga tayanib, “TASS” xabar beradi.
Mamlakatning shimoli-g‘arbiy viloyati Xayber-Paxtunxvada bir necha kun davomida yoqqan kuchli yog‘ingarchilik suv toshqini va ko‘chkilarga sabab bo‘lgan. Tabiiy ofat natijasida ko‘plab uylar qulab ketgan.
Hozirgi paytda ushbu tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun qutqaruvchilarga armiya bo‘linmalari va mahalliy aholidan ko‘ngillilar yordam ko‘rsatmoqda.