O‘zbekistonlik gimnastikachi Oksana Chusovitina Germaniyaning Kotbus shahrida o‘tkazilayotgan Jahon kubogining navbatdagi bosqichida oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Tajribali Oksana Chusovitina tayanib sakrash bahslarida eng yaxshi natijani ko‘rsatdi. Ushbu musobaqada dunyoning 33 davlatidan 100 nafardan ziyod gimnastikachilar ishtirok etyapti.
Avvalroq Oksana Chusovitina AQShning Xyuston shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha kechgan Gran-pri turnirida oltin va kumush medalga, Boku shahrida o‘tkazilgan Jahon kubogining navbatdagi bosqichida oltin medalga sazovor bo‘lgandi.
Ma’lumot o‘rnida, uch karra Jahon chempioni Oksana Chusovitina 6 ta Olimpiadada ishtirok etgan dunyodagi yagona gimnastikachi hisoblanadi. Agar u Rio–2016 Olimpiadasiga yo‘llanma olsa, faoliyatidagi yettinchi Olimpiadada qatnashgan bo‘ladi.
Mavzuga oid: