Istanbulning tarixiy tumanida devorning qulab ketishi natijasida ikki kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda Haberturk portalining ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Qutqaruvchilar vayronalar ostidan ikki kishining jasadi, shuningdek, besh nafar yaradorni olib chiqdi.
Istanbulning tarixiy Sultonahmet tumanida joylashgan Gyulxane bog‘idagi ochiq kafening devori noma’lum sababga ko‘ra qulab ketgan.
Natijada bog‘ning boshqa tomonida joylashgan bir nechta eski yog‘och uy vayronalar ostida qolib ketgan.