Kolumbiya harbiy-dengiz kuchlari mamlakatning Tinch okeani sohillarida o‘tkazilgan operatsiya chog‘ida bir tonnadan ziyod kokainni musodara qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Operatsiya chog‘ida torpeda shaklidagi yarim to‘ldirilgan kema yo‘q qilindi, u ikki tonnagacha kokainni sig‘dirishi mumkin bo‘lgan.
Kema yaqinida 625 kilogrammga yaqin kokaini bo‘lgan yerosti omborxonasi aniqlandi. Boshqa operatsiyalar davomida ikki kemada yana 402 kilogramm kokain topildi.
Tergovchilar narkosavdogarlar kokainni “torpeda”ga yuklab, Markaziy Amerikaga yuborishni mo‘ljallaganini bildirmoqda.
Musodara etilgan narkotiklarning umumiy bahosi taxminan 32 million dollar baholangan.