Ikki kishi yo‘ltanlamasda AQShning Kaliforniya shtatidagi harbiy-dengiz kuchlari aviatsiya bazasi nazorat-o‘tkazish punktidan yorib kirib, 60 million dollar turadigan qiruvchi samolyot fyuzelyajining dum qismini uzib yubordi. Bu haqda, CNN telekanaliga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Haydovchi va yo‘lovchi ayol halok bo‘lgani aytilmoqda.Harbiy obyekt qo‘mondonligi Jeep Grand Cherokee mashinasi qanday qilib nazorat-o‘tkazish punktidagi to‘siqlardan o‘tib keta olganini aniqlagani yo‘q.
Halok bo‘lgan erkak va ayol harbiy xizmatda bo‘lmagani, shuningdek, bazada diversiya uyushtirishni rejalashtirmagani ma’lum qilindi.
Mashinada bo‘lgan erkak va ayol politsiyadan qochib bazaga kirib ketgan.
Izoh (0)