AQShning Virjiniya shtati markazi — Richmonddagi avtobus bekatida sodir bo‘lgan otishmada yaralangan politsiyachi shifoxonada hayotdan ko‘z yumdi. Ayni paytda shifoxonada yana ikki yaralangan tinch aholi vakiliga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, deb xabar bermoqda “TASS” mahalliy politsiya ma’lumotiga asoslanib.
Aytilishicha, hujumni uyushtirgan noma’lum shaxs shaharda o‘tkazilayotgan o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashayotgan politsiya xodimlaridan birining ko‘kragiga qarata o‘q uzgan. Uning hamkasblari jinoyatchiga qarata javoban o‘t ochgan. Yaralangan jinoyatchi Virjiniya tibbiy markazida olamdan o‘tgan. Otishmada jarohatlangan odamlarning soni uch nafardan olti nafargacha bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.
Izoh (0)