Futbol bo‘yicha Angliya terma jamoasi va “Manchester Yunayted” klubi hujumchisi Ueyn Runining to‘ng‘ich o‘g‘li Kay Runi otasidan “Lester Siti” va Angliya termasi forvardi Jeymi Vardining familiyasi tushirilgan futbolkani sotib olishni so‘radi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
“O‘g‘illarimdan biri unga Vardining Angliya terma jamoasidagi futbolkasini sotib olishimni so‘radi”, – deydi Runi.
Angliya terma jamoasi sardori hisoblangan Ueyn Runi jarohati tufayli Germaniya (3:2) va Gollandiyaga qarshi (1:2) kechgan o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tusha olmadi. Jeymi Vardi esa har ikki o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Ma’lumot uchun, Ueyn Runining uch o‘g‘li bor. Uning to‘ng‘ich o‘g‘li Kay Ueyn Runi 6 yoshda, o‘rtanchasi Klay Entoni esa 21-mayda 3 yoshni qarshilaydi. Kenja o‘g‘il Kit Jozef Runi yaqinda uch oylik bo‘ldi.
Izoh (0)