24–26-mart kunlari Tunis Respublikasi poytaxti Tunis shahrida paralimpiyachilar o‘rtasida yengil atletika bo‘yicha Gran-pri turkumiga kiruvchi Tunis International Meeting xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.
Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qilgan olti nafar sportchining barchasi oltin medalga sazovor bo‘ldi.
Musobaqaning dastlabki kunida uch nafar o‘zbekistonlik sportchi Sofiya Burxanova (yadro uloqtirish, F-12), Dilafruz Axmatxanova (yadro uloqtirish, F-35) hamda Aleksandr Svechnikov (nayza otish, F-13) oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning ikkinchi kunida Yoqutxon Xolbekova (1500 metrga yugurish, T-12), Doniyor Soliyev (uzunlikka sakrash, F-12) va Farrux Mirzaqulov (uzunlikka sakrash, F-47) shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Izoh (0)