Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu uning o‘g‘li o‘zi singari kuchli futbolchi bo‘lishini xohlaydi, deb xabar beradi “iSport.ua”.
“Farzandim futbolchi bo‘lishini xohlayman. Men futbolchiman va o‘g‘lim ham mening izimdan yurishini istayman. Menimcha, unda yaxshi sportchi bo‘lish uchun barcha xislatlar yetarli. O‘g‘lim atigi besh yoshda bo‘lishiga qaramay, futbolni yaxshi ko‘radi. U doim to‘p bilan o‘ynaydi va bu o‘g‘limga yoqadi. Ammo men o‘g‘limni futbolchi bo‘lishga majbur qilmayman, hammasi tabiiy bo‘lishi kerak. O‘g‘lim ham otasi singari top futbolchi bo‘lishini istayman”, — deydi portugaliyalik hujumchi.
Izoh (0)