Kobulda 28-mart, dushanba kuni Afg‘oniston parlamentining yangi binosiga kamida to‘rtta raketa tushdi. Bu haqda Khaama Press agentligi ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Hodisa xavfsizlik xodimlari parlament a’zolariga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatish uchun binoga kirayotgan paytda yuz berdi.
Raketalar qaysi tomondan uchirilganligi noma’lum. Qurbonlar va yaradorlar haqida hozircha ma’lum qilinmadi.
Bino Hindiston hukumati tomonidan qurilgan edi.
Izoh (0)