“Barselona” jamoasi hujumchisi Lionel Messi o‘zini “Real” yetakchisi Krishtianu Ronaldu bilan taqqoslamasligini, shuningdek, o‘g‘li Tyagoni futbolchi bo‘lishga majbur qilmasligini aytib o‘tdi, deb xabar beradi “Chempionat”.
“Matbuot meni Ronaldu bilan tassoqlashni xush ko‘radi, ammo men o‘zimni u bilan qiyoslamayman. Men faqatgina jamoa bilan yanada yaxshi bo‘lish haqida o‘ylayman. Jamoadoshlarim haqida qayg‘urib, oldinga intilaman. ‘Real’ safida ajoyib futbolchilar bor. Ularning tarkibi dunyoning eng yaxshilaridan biri. ‘Qirollik klubi’ ‘Barselona’ uchun doimo qiyin raqib hisoblanadi va o‘zaro raqobat bizni olg‘a harakatlanishimizga yordam beradi”, – deydi Messi.
“O‘g‘lim Tyago uch yoshda. Men uni futbolchi bo‘lishga majburlamayman, kim bo‘lishni uning o‘zi hal qiladi va o‘zi yoqtirgan ishni qiladi”, – deya qo‘shimcha qildi argentinalik hujumchi.
Izoh (0)