Suriyaning Aleppo viloyatida minomyotlar, pulemyotlar bilan qurollangan, 11 ta avtomobilga ega 200 kishilik jangari guruh aniqlandi. Bu haqda Rossiya mudofaa vazirligining bayonotiga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Aytilishicha, mahalliy aholi vakillari Aleppo shahridan 8 kilometr shimoli-g‘arbdagi Xraytan aholi yashash punktiga yirik jangari guruhning yetib kelganini qayd qilgan. Ularning avtomobillariga yirik kalibrli pulemyotlar va to‘rtta minomyot o‘rnatilgan.
Izoh (0)