Afg‘onistonning Qandahor viloyatida qurolli kuchlarning “Atal” 205-korpusi qo‘mondoni o‘rinbosari Jon Og‘a 26-martga o‘tar kechasi o‘ldirildi. Bu haqda “Interfaks” agentligi xabar bermoqda.
205-korpus matbuot xizmati rahbari polkovnik Muhsin Sultoniyning so‘zlariga qaraganda, Jon Og‘a tungi paytda Dand uyezdida sodir etilgan qurolli hujum chog‘ida o‘ldirilgan. Hodisaning boshqa tafsilotlari ma’lum emas.
Izoh (0)