• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Onalar haqida yig‘latuvchi qo‘shiq, eridan qochib sahnaga chiqqan ayol, Rahmatilla Mirzayev va Abdumo‘min O‘tbosarovga bag‘ishlangan “Xotira”. Shuhrat Qayumovning konserti haqida

    O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, taniqli suxandon va xonanda Shuhrat Qayumov 22—23-mart kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. Konsertda mehmon bo‘lgan jurnalist Feruz Muhammad o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shuhrat Qayumovning konsertoldi tayyorgarligida mehmon bo‘lganimizda, konsert bilan bog‘liq barcha sirlarni ochib qo‘ymaylik, deb ko‘p ma’lumotlarni bayon qilmagan edik. Konsert kuni esa bizda bor ma’lumotlar sahnada namoyish qilinganlari oldida deyarli ahamiyatsiz bo‘lib chiqdi.

    Shu vaqtgacha qaysi konsertda bo‘lmay, deyarli barchasi yo texnik sabablarga, yo bo‘lmasa noma’lum larga ko‘ra hech bo‘lmasa 10 daqiqa kech boshlanish odat edi. Shuhrat Qayumov bunga qarshi chiqib, konsertni belgilangan vaqtda — 19:00 da boshladi.

    Xonanda “Shukrona” deb nomlangan qo‘shiq bilan muxlislar orasidan chiqib keldi. Bu vaqtda muxlislar hali ham joy qidirish bilan ovora edi. E’tiborli tomoni, “joy qidiruvchi”lar orasida taniqlilar ham bor. “Joy qidirish” sahnada kuylangan uchinchi qo‘shiq — “Ayriliq” tugaguniga qadar davom etdi.

    Umida Mirhamidovaning “Oq atirgullari” va unga javob tariqasida kuylangan Shuhrat Qayumovning qo‘shig‘ini muxlislar juda yaxshi kutib olishdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Qayumov sahnada o‘zini tutishi, madaniyati, o‘ziga ishonchi bilan bugungi ko‘plab san’atkorlarimizga ustoz bo‘lsa arziydigan darajada. Uning ijrosida har bir qo‘shiq yuksak mahorat bilan kuylandi. Ayniqsa, ular orasida onalarga bag‘ishlangan qo‘shiqni alohida takidlash lozim.

    Qo‘shiqdan avval monolog o‘qildi — uzun, ta’sirli, mahzun, lekin umidbaxsh monolog. Shu vaqtgacha “Istiqlol” saroyida ona siymosiga bag‘ishlangan monologlarni ko‘p eshitganman, ammo hammasi fonogramma orqali eshittirilgan edi. Qayumovning konsertidagi eng baland pardada, yig‘lab kuylangan va yig‘lab tinglangan qo‘shiq shu bo‘ldi.

    Dasturning o‘rtasida bir ayol uni kaltaklayotgan eridan qochib sahnaga chiqdi. Bu dasturning o‘ziga xos sahna ko‘rinishi ekanligi bizga ayon edi. Ba’zi bir oilalarda bo‘ladigan kelishmovchiliklar ustamonlik bilan, qalblarni larzaga keltirar darajada sahnaga olib chiqildi. Ushbu sahna ko‘rinishiga, undan so‘ng kuylangan “Ayoli bor” deb nomlangan qo‘shiq uyg‘unlashib ketdi.

    “Xotira” deb nomlangan qo‘shiqda marhum ustozlar — O‘ktam Jobirov, Davron Zunnunov, Mirzohid Rahimov, Rahmatilla Mirzayev, Abdumo‘min O‘tbosarov va Dildora Qayumovalar yodga olindi. Shu vaqtda katta monitorda ularning suratlari ham ko‘rsatib turildi. Bu qo‘shiq ham barchani yig‘latdi.

    Konsertda sahnadagi raqqosalarning harakatlariga gap bo‘lishi mumkin emas, ammo zaldagi onaxonlar, ayollar, ta’bir joiz bo‘lsa, ulardan-da chiroyliroq raqsga tushdi. Maromiga yetkazilib ijro etilgan “O‘xshaydi-ku”, “Munojot”, “Bu hayot”, “Ketma yonimdan, ketma” va boshqa taronalarga raqsga tushmaslikning iloji ham yo‘q edi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bundan yigirma yillar ilgari kuylangan “Bir diktor” deb nomlangan qo‘shiq, sahnada yana bir bor jarang sochdi. “Shunchaki bir diktor demangiz, shunchaki bir diktor bo‘lsam ham...” misralaridan iborat mazkur qo‘shiq, menimcha, a’lo darajada o‘tgan konsert dasturiga yakun yasadi.

    Feruz Muhammad,“Daryo” uchun maxsus

    25.03.2016, 15:14   Izoh (0)   18287
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Kaniza bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishganini so‘zlab berdi

    25.03.2016, 12:15

    Lola bo‘lajak turmush o‘rtog‘ini uchratgani haqidagi savolga javob berdi

    23.03.2016, 13:45

    Yoqutiston rahbari Leonardo Di Kaprioni mehmonga chorladi

    22.03.2016, 16:31

    Shuhrat Qayumovning Umida Mirhamidovaga javobi, konsertga tayyorgarlik jarayoni, yo‘tali va fonogrammaga munosabati haqida

    22.03.2016, 10:12

    Xonanda Lola Nyu-Yorkda konsert beradi

    21.03.2016, 18:00

    “Ummon” guruhi 1—2-iyun kunlari “Istiqlol”da konsert beradi

    21.03.2016, 16:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jeff Bezos kriptovalyuta evaziga sayyohlarni kosmosga uchiradi

    Dunyo | 12 avgust, 17:45

    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

    Reklama | 12 avgust, 16:30

    Kanadada 75 yoshli ayol ko‘ziga tish o‘rnatish orqali ko‘rish qobiliyati tiklandi

    Dunyo | 12 avgust, 17:35

    Yadroviy portlash yer yuzida qanday oqibatlarga olib keladi?

    Dunyo | 12 avgust, 17:25

    “Sud qarorini foydamizga chiqarmasang, bolalaringni o‘ldiramiz”— badavlat oilada ulg‘aygan va saratonni butunlay yenggan aktrisa Ra’no Shodiyeva 46 yoshda (foto, v...

    Shou-biznes | 12 avgust, 17:10

    AQSHda erkak otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor (video)

    Dunyo | 12 avgust, 17:00

    Alexandro Garnacho “Manchester Yunayted” rahbariyatiga shart qo‘ydi

    Sport | 12 avgust, 16:55

    Qirg‘izistonda pornografik material saqlagan va tarqatganlar jazolanadi

    Qirg‘iziston | 12 avgust, 16:45

    Multfilmlar o‘rniga zerikish: mutaxassis bolalar uchun bo‘sh vaqtning foydali tomonlarini tushuntirdi

    Farzand | 12 avgust, 16:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.