Rossiyaning Yoqutiston respublikasi rahbari Yegor Borisov Gollivud aktyori Leonardo Di Kaprioni ijtimoiy tarmoq orqali mehmonga chorladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“‘Yoqutiston Oskari’ sohibi Leonardo Di Kaprioga salomlar bo‘lsin! Uni Yoqutistonda kutamiz!” — deya yozgan Borisov Instagram’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, yoqutistonlik bir guruh kino ishqibozlari Di Kaprioni o‘ziga xos “xalq Oskari” bilan mukofotlashga qaror qilib, uni yasash uchun 1,4 kilogramm kumush va ustidan yuritish uchun oltin to‘plangandi. Keyinchalik Rossiyaning “Karo Premyer” kinokompaniyasi tomonidan aktyorga haykalcha yetkazilgani bildirildi.
“Yoqutiston Oskari” suratini Instagram’dagi sahifasiga joylagan Leonardo Di Kaprio uning ostida izoh qoldirgan va haykalchani yasash uchun taqinchoqlarini bergan ayollarga alohida minnatdorlik bildirgandi.
Izoh (0)