BMT 2030-yilga kelib dunyoda OIV epidemiyasini tugatish maqsadi amalga oshirilishiga umid qiladi. Bu haqda BMT bosh kotibi o‘rinbosari Mishel Sidibe “RIA Novosti” nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
“Biz shunga umid qilamiz... Birorta ham o‘lim holati, kasallikni yuqtirib olish, kamsitish holatlarining qayd etilmasligi — ushbu ko‘rsatkichlar barqaror rivojlanish maqsadini ro‘yobga chiqarish uchun eng muhim omil bo‘lar edi”, — dedi Sidibe.
“Agar ilgari OIV xastaligiga chalingan bemorga kuniga 18 ta dori bergan bo‘lsak, bugun bitta dorining o‘zi kifoya qiladi. Biz, shuningdek, dori vositalarining dunyo bo‘yicha narxlariga ta’sir ko‘rsata oldik. Shuning uchun biz asosli taraqqiyotni kuzatmoqdamiz, bu esa o‘lim holatlarini va kasallikni yuqtirib olish holatlarini qisqartirishimiz mumkinligini tasdiqlaydi”, — deb ta’kidladi Sidibe.
Izoh (0)