Toshkent shahridagi Inha universitetining (IUT) birinchi bosqich talabasi Nodira Hoshimova Un mois en France (Fransiyada bir oy) tanlovida birinchi o‘rinni qo‘lga qiritdi. Bu haqda Toshkent shahridagi Inha universiteti matbuot xizmati xabar beradi.
Tanlov Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi va Lions clubs de France xalqaro fransuz markazlari tomonidan hamkorlikda tashkil etildi. Ushbu tanlov Frankofoniya bayrami doirasida tashkil etildi.
Tanlov fransuz tilida so‘zlasha oladigan 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan talabalar o‘rtasida o‘tkazildi. Tanlov ikki bosqichdan iborat bo‘lib, to‘liq fransuz tilida o‘tkazildi.
Birinchi bosqida ishtirokchilar yozma imtihon topshirdi va uning natijasiga ko‘ra besh nafar ishtirokchi yakuniy bosqichga yo‘l oldi. Ikkinchi bosqichda ishtrokchilar og‘zaki imtihon topshirdi.
Toshkent shahridagi Inha universitetining (IUT) birinchi bosqich talabasi Nodira Hoshimova barcha imtihonlarni muvaffaqiyat bilan topshirdi va tanlovda birinchi o‘rinni egalladi. Shu bilan birga, u tanlovning bosh sovrini – Fransiyaga bir oylik sayyohatni ham yutib oldi. Tanlov qoidalariga ko‘ra, u Fransiyaga iyul oyida borishi mumkin.
Izoh (0)