O‘zbekiston Respublikasining Belgiya qirolligidagi elchixonasi ma’lumotlariga qaraganda, 23-mart holatiga ko‘ra, Bryussel shahrida sodir bo‘lgan qator portlashlar oqibatida qurbon bo‘lgan va jarohatlanganlar ro‘yxatida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov belgiyaliklar qiroli Filippga hamdardlik maktubi yo‘llagani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)