O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016-yil 9-martdagi 09-27-sonli xatiga asosan TEMPUS dasturi SAMUz (O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini boshqarish bo‘yicha barqaror o‘quv dasturini yaratish) dasturi asosida Germaniyaning Xalle universiteti professori Mixael Grings qisqa muddatga trening kurslarini o‘tdi. Bu haqda Samarqand Qishloq xo‘jalik instituti “Daryo”ga ma’lum qildi.
Seminarning ochilishi Samarqand Qishloq xo‘jalik institutining kichik majlislar zalida 2016-yil 9-mart kuni bo‘lib, institut rektori Toshtemir Ostonaqulov, professor Olim Murtazayev, Germaniyaning Xalle universiteti professori Mixael Grings, hamkor OTMlar Toshkent Davlat Agrar Universitetidan ikki nafar, Termiz Davlat Universitetidan ikki nafar, Andijon Qishloq xo‘jalik institutidan ikki nafar, Toshkent Irrigatsiya va melioratsiya institutidan ikki nafar, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti ITI dan ikki nafar hamda Samarqand qishlo‘q xo‘jalik institutidan olti nafar mustaqil tadqiqotchi ishtirok etdi.
Yig‘ilishda rektor Toshtemir Ostonaqulov so‘zga chiqib, bu Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda birinchilardan bo‘lib O‘zbekistonda ilk bor tashkil etilgan doktorantlik trening kursi Samarqand qishloq xo‘jalik institutida o‘tkazish boshlanganligidan juda mamnunligini bildirdi.
O‘n kunga rejalashtirilgan doktorantura seminarini Germaniyaning Xalle universitetining professori Mixael Grings bilan birgalikda Samarqand Qishloq xo‘jalik instituti professori Olim Murtazayev olib bordi.
Seminar juda qizg‘in muzokaralar bilan o‘tib, dam olish kunlari Samarqand shahri va viloyatidagi qadimiy obidalarga ekskursiyalar uyushtirildi.
Seminar so‘ngida unda faol qatnashib, yaxshi natijalar ko‘rsatgan doktorantlarga professor Mixael Grings va Olim Murtazayevning sertifikatlari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Izoh (0)