AQSh sobiq davlat kotibi Hillari Klinton va milliarder Donald Tramp Arizona shtatidagi dastlabki saylovlarda demokratlar va respublikachilar ichida g‘alaba qozondi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar beradi.
CNN’ning ma’lum qilishicha, 51 foiz ovozlarning hisob-kitob natijalariga ko‘ra, Klinton 60,3 foiz ovoz to‘plagan. Uning partiyadosh raqibi Berni Sanders esa 37,1 foiz ovoz to‘plagan.
O‘z navbatida, respublikachilar praymerizida 46,5 foiz ko‘rsatkich bilan Tramp yetakchilik qilmoqda. 46 foiz ovozlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, Texas senatori Ted Kruz 21 foiz, Ogayo shtati gubernatori Jon Keysik 10,2 foiz ovozga ega bo‘lgan.
Izoh (0)