Joriy yilning 29-mart, seshanba kuni Bryussel shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan futbol bo‘yicha Belgiya va Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi xavfsizlik nuqtai nazaridan bekor qilindi. Bu haqda Belgiya qirolligi futbol ittifoqi rasmiy saytiga tayangan holda “TASS” xabar bermoqda.
22-mart, seshanba kuni Bryussel shahridagi “Zaventem” aeroportida ikki portlash yuz berdi, keyinroq shahar metropolitenining “Malbek” va “Shuman maydoni” bekatlarida portlashlar sodir etilgani haqida xabar qilingan edi.
Portugaliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yiniga tayyorgarlik ko‘rayotgan, Mark Vilmots bosh murabbiyligi ostidagi Belgiya terma jamoasi Bryusselda yuz bergan teraktlar sababli 22 va 23-mart kunlaridagi mashg‘ulotlarni bekor qilgan edi.
O‘z navbatida, Gollandiya qirolligi futbol ittifoqi 22-mart, seshanba kuni mamlakat hukumatiga Fransiya termasiga qarshi 25-mart, juma kuni Amsterdam shahrida bo‘lib o‘tadigan o‘yinni o‘tkazish kerakligi haqida murojaat qildi. Ushbu munosabat bilan o‘tkazilgan majlisdan so‘ng, o‘rtoqlik uchrashuvini bekor qilmaslik haqida qaror qabul qilindi.
Gollandiya termasiga qarshi o‘yindan so‘ng, Fransiya terma jamoasi 29-mart, seshanba kuni Rossiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Mazkur uchrashuv “Stad de Frans” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)